ROX avtomobillari uchun rasmiy servis kafolatini olish shartlari
Servis kafolati, foydalanish qo'llanmasida bayon etilgan tavsiyalarga rioya qilingan holda, 5 yil yoki 150 000 kmni tashkil etadi.
Quvvat batareyasi uchun servis kafolati, foydalanish qo'llanmasida bayon etilgan tavsiyalarga rioya qilingan holda, 8 yil yoki 240 000 kmni tashkil etadi.
Avtomobilini 13-dekabrgacha ro'yxatdan o'tkazgan ROX avtomobil egalari uchun servis kafolati, avtomobilning yurgan masofasi 1000 kmdan kam bo'lmagan va 8000 kmdan oshmagan taqdirda taqdim etiladi.
Kafolatni rasmiylashtirish uchun servis bo'limiga 2025-yil 13-yanvargacha murojaat qilish kerak.
Barcha savollar bo'yicha +998 78 113-07-77 bepul raqamiga murojaat qiling.
Ariza qoldirish
Kafolat taqdim etish bo'yicha maslahat olish.